Materiallarni jo‘natish
Materialni joʻnatishga tayyorlash uchun nazorat roʻyhati
Yuborish jarayonining bosqichlaridan biri sifatida mualliflar oʻzlarining materiallarining quyidagi barcha bandlarga muvofiqligini tekshirishlari kerak, agar materiallar ushbu talablarga javob bermasa, mualliflarga qaytarilishi mumkin.
- Ushbu material ilgari nashr etilmagan yoki boshqa jurnalda ko'rib chiqish uchun taqdim etilmagan (yoki muharrirga Izohlarda tushuntirish berilgan).
- Materialli fayl OpenOffice, Microsoft Word yoki RTF hujjatlar formatida taqdim etilgan.
- To'liq Internet manzillari (URL manzillari) imkon qadar havolalar uchun taqdim etilgan.
- Matn bitta qator oralig'ida yoziladi; shrift hajmi 12 punktdan iborat; belgilash uchun kursiv ishlatiladi, pastki chiziqlar emas (URL-lar bundan mustasno); barcha rasmlar, grafikalar va jadvallar hujjatning oxirida emas, balki matnning tegishli joylarida joylashgan.
- Matn Mualliflar uchun qoʻllanmada keltirilgan stilistik va bibliografik talablarga javob beradi, uni "Jurnal toʻgʻrisida" sahifasida topish mumkin.
Mualliflar uchun qoʻllanma
Maqolalarni bezash qoidalari.
1. Maqola tahririyatga elektron talqinda email: journal@aouz.uz boʻyicha taqdim etilishi zarur.
2. Maqolalarning qoʻlyozmalari jahon ilmiy davriy nashrlari uchun anʼanaviy reja boʻyicha qurilgan: boʻlimlar boʻyicha tizib chiqilgan boʻlishi — kirish, tadqiqot maqsadi, materiallar va uslublar, natijalar va muhokamalar, muayyan xulosalar bilan yakunlanishi kerak, ularda loʻnda shaklda (bandlar boʻyicha) ishning natijalari va bayon qilingan materialdan kelib chiqadigan mualliflarning takliflari bayon etiladi.
3. Titul sahifasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim: maqolaning nomi; tashkilot nomi koʻrsatilgan holda har bir muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq), lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni; chop etilgan maqola uchun muallif bilan oʻquvchilarning muloqotida erkin foydalanish mumkin boʻlgan bogʻlanish uchun maʼlumoti (e-mail); annotatsiya va oʻzbek, rus, ingliz tillarida kalit soʻzlar (kamida10 ta). Annotatsiya tuzilishi: 250 ta soʻzdan koʻp emas (har bir annotatsiya 3 ta tilda tayyorlanadi — oʻzbek, rus va ingliz), u quyidagi qismlardan iborat, yaʼni kirish, tadqiqot maqsadi, materiallar va uslublar, natijalar va muhokamalar hamda xulosalar.
4. Maqola matni Word Document yoki RTF formatida, 1,5 oraliq orqali 12 punktdagi shrift hajmda, Times New Roman shrifti bilan qabul qilinadi, maydoni 2,0 sm, soʻzlar boʻginga koʻchirilmasligi kerak. Maqola hajmi, jadval va adabiyotlarni ham qoʻshganda, 20 000 belgi (A4 formatida 10 bet) chegarasida boʻlishi kerak. Barcha sahifalar raqamlab chiqilgan boʻlishi zarur.
5. Maqola matni, barcha keltirilgan sitatalar muallif tomonidan puxtalik bilan solishtirib chiqilishi, birlamchi manbalar boʻyicha tekshirilishi, beti va chop etish yili koʻrsatilgan holda ularning havolasiga ega boʻlishi kerak, negaki tahririyat to’grilashlarni yubormaydi.
6. Faqat umumqabul qilingan qisqartma (abbreviatura)lardan foydalanish lozim.
7. Maqola nomida qisqartmalardan foydalanish maqbul emas. Uning oʻrniga qisqartma kiritilayotgan toʻliq atamani matnda uning birinchi yodga olinishida maʼnosini tushuntirib berish lozim (oʻlchovning standart birliklari va ramzlarning maʼnosini tushuntirib berish talab qilinmaydi). Jadvallarning nomga ega boʻlishi, ixcham, aniq boʻlishi lozim, grafalarning nomlari ularning mazmuniga mos kelishi, matnda havolalarga ega boʻlishi kerak. Jadvallardagi barcha sonlar matndagi sonlarga muvofiq kelishi kerak.
8. Fizik kattaliklarning oʻlchov birliklari, gematologik, biokimyoviy va tibbiyotda qoʻllaniladigan kattaliklarning boshqa koʻrsatkichlari metrik tizimning birliklari (Xalqaro birliklar tizimi — SI)da taqdim etilishi lozim.
9. Rasmlar, grafiklar, rasmosti imzolari bilan fotosuratlar maqoladan alohida taqdim etilishi lozim. Kamida 6 x 9 oʻlchamda 300 dpi oʻlchambilan kamida 8 siqish koeffitsiyenti bilan TIFF, JPEG formatlari jurnalni sahifalash uchun maqbul hisoblanadi.
10. Matnda giperhavolalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Bibliografiya maqolaning oxirida keltirilishi va GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim, matnning oʻzida esa faqat havola raqamini kvadrat qavslarda sonlar bilan koʻrsatish lozim. Havolalar sitatalash tartibida raqamlanadi. Bibliografiyaning aniqligi uchun javobgarlikni muallif oʻz zimmasiga oladi. Adabiyot obzorining umumiy hajmi 30 ta manbalardan ortmasligi kerak.
12. Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar koʻp pogʻonali taqrizlashdan oʻtkaziladi, taqrizchilarning qaydlari muallifga taqrizchilarning ismlari koʻrsatilmasdan yuboriladi. Taqrizlar va muallifning javoblari olingandan keyin tahrir hayʼati maqolani chop etish (yoki rad etish) haqida qarorni qabul qiladi.
13. Tahririyat sababini koʻrsatmasdan maqolani rad etish huquqini oʻzida qoldiradi. Rad etilgan qoʻlyozmalar mualliflarga qaytarilmaydi. Maqolalarni chop etish navbati jurnal chop etishning tahririyat rejasiga muvofiq oʻrnatiladi.
14. Jurnal tahririyati maqola materiallarini ularning hajmidan qatʼiy nazar qisqartirish va tahrir qilish, shu jumladan maqolalar, atamalar va taʼriflarning nomlarini oʻzgartirish huquqini oʻzida qoldiradi. Uslubiy, nomenklaturaviy yoki formal xarakterdagi unchalik katta boʻlmagan tuzatishlar maqolaga muallif bilan kelishmasdan kiritiladi. Agar maqola chop etishga tayyorlash jarayonida muallif tomonidan qayta ishlangan boʻlsa, kelib tushish sanasi sifatida yakuniy matn kelib tushgan kun hisoblanadi.