Jurnal haqida
Oʻzbekiston onkologlar assotsiatsiyasi 2017-yilda “Klinik va eksperimental onkologiya” jurnalining taʼsischisiga aylandi. Jurnal Oʻzbekiston axborot va matbuot agentligida roʻyxatdan oʻtkazildi, 2017-yilning 12-mayida 0916-son ostida davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi guvohnoma, 2017-yilning 19-mayida esa ISSN 2181-9092 xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish raqami olindi.
Shuningdek jurnalimiz Digital Object Identifier ga ega (Obʼektning raqamli identifikatori). Bu obʼyektni bir maʼnoda va aniq identifikatsiya qilish va u toʻgʻrisidagi batafsil axborotga (metamaʼlumotlarga) yoki bevosita obʼyektning oʻziga kirish huquqini olish imkonini beradi.
Jurnal har chorakda bir marta chop etiladi, 2017-yilda uning ikkita soni chop etildi. Jurnalning elektron versiyasi jaouz.uz. manzili boʻyicha saytda joylashtirib boriladi. Har bir maqola taqrizdan oʻtkaziladi, barcha maqolalar bepul chop etiladi.
Jurnalda sogʻliqni saqlashning oxirgi yutuqlari va dunyoning rivojlangan mamlakatlarida onkologiya xizmati rivojlanishining tendensiyalari haqida maqolalar, shuningdek onkologiya boʻyicha turli xil kasalliklarni davolash uchun ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalari va tavsiyalari chop etiladi.
Jurnalning “Ilmiy yutuqlar amaliyotga” (“Научные достижения в практику”) boʻlimida olimlar tibbiyotchi olimlarning zamonaviy ilmiy ishlanmalari, ham Oʻzbekiston, ham dunyoning boshqa mamlakatlari davolash muassalarida amaliy ishga joriy qilinayotgan yangi tibbiyot texnologiyalari haqida axborot bilan almashishlari va olishlari mumkin.
2018-yildan “Klinik va eksperimental onkologiya” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi OAK ilmiy jurnallari roʻyxatiga kiritildi, unda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari boʻyicha bajarilayotgan ilmiy ishlar borasidagi ilmiy maqolalar chop etilishi mumkin.
Aloqalar:
Sayt: www.jaouz.uz
Email: journal@aouz.uz
Reklama boʻlimi: +(998) 90-805-23-87
Obuna boʻlimi: +(998) 97-409-48-02
Архив выпусков
2-2022
Подписано в печать 05.01.2023 г.
1-2022
Подписано в печать 02.11.2022 г.
4-2021
Подписано в печать 21.06.2022 г.
3-2021
Подписано в печать 23.02.2022 г.
2-2021
Подписано в печать 10.01.2022 г.
1-2021
Подписано в печать 30.09.2021 г.
4-2020
Подписано в печать 21.05.2021 г.
3-2020
Подписано в печать 15.01.2021 г.
2-2020
Подписано в печать 30.10.2020 г.
№ 1 (2020)
Подписано в печать 17.07.2020 г.